6 664
Google, Apple, Microsoft, Amazon va Facebook eng qimmatbaho brendlar ro‘yxati birinchi beshligidan joy oldi
Google, Apple, Microsoft, Amazon va Facebook kompaniyalari dunyoning eng qimmatbaho brendlari beshligidan joy oldi. Bu haqda Britaniyaning WPP kompaniyasi va Kantar Millward Brown’ning The BrandZ Global Top 100 deb nomlangan qo‘shma hisoboti guvohlik beradi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Joriy yilda reyting etakchilari uchligi o‘zgarishsiz qoldi. Amazon o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilab, ettinchi o‘rindan to‘rtinchi o‘ringa chiqishga erishdi, Facebook o‘z pozisiyasini saqlab qoldi.
Yuqorida nomlari keltirilgan kompaniyalar daromadi reytingga kiritilgan 100 ta tashkilot daromadining 25 foizini tashkil etadi. Tadqiqotda qatnashgan brendlarning birgalikdagi qiymati sakkiz foizga oshib, 2016 yilda 3,4 trillion dollarni tashkil etgani holda, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 3,6 trillion dollarga etdi.
Tadqiqot davomida tahlilchilar dunyo bo‘yicha uch milliondan ortiq xaridorning 120 mingga yaqin brendga nisbatan munosabatini o‘rganib chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin