16:37 / 06.06.2017
6 607

London polisiyasi terakt sodir etganlikda gumon qilinganlarning ismini ma’lum qildi

London polisiyasi terakt sodir etganlikda gumon qilinganlarning ismini ma’lum qildi
Britaniya polisiyasi 3 iyun kuni Londonda terakt sodir etganlikda gumon qilingan ikki kishining ismini e’lon qildi.

Ikki farzandning otasi bo‘lmish 27-yoshli Kuram Batt bir necha yildan beri oilasi bilan London sharqidagi Barkin tumanida yashab kelgan. Uning kelib chiqishi pokistonlik bo‘lib, Buyuk Britaniya fuqaroligini olgan. London polisiyasi bergan bayonotga qaraganda, Batt bundan avval huquq-tartibot idoralari va MI5 agentligiga ma’lum bo‘lgan. Ikkinchi terrorchining ismi sharifi - Richard Redueyn bo‘lib,30 yoshda edi. U, shuningdek, Rashid Elxdor nomi bilan ham mashhur bo‘lib, avval polisiya nazariga tushmagan. Redueyn qo‘shfuqarolikka ega edi – u Liviya va Marokash fuqarosi edi.

London polisiyasining vakili bergan bayonotga qaraganda, uchinchi terrorchining shaxsini aniqlash davom etmoqda.

London ko‘prigida olomonga mashinani yo‘naltirgan va Borou Market bozorida pichoq bilan odamlarga hujum qilgan bu uch terrorchi polisiya tomonidan otib tashlangan edi.

3 iyun kuni yuz bergan terror hujumi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi. Jabrdiydalarning ko‘pchiligi hamon shifoxonada davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » London polisiyasi terakt sodir etganlikda gumon qilinganlarning ismini ma’lum qildi