
Amerikaning San-Fransisko shahrida joylashgan UPS kompaniyasi bo‘linmasida ishlovchi xodim o‘z hamkasblarini otib o‘ldirdi. Jimmi Lem ismli shaxs uyushtirgan otishma sabab 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Mazkur voqeadan so‘ng u o‘zini-o‘zi o‘ldirgan. Bu haqda “Abc7” telekanali ga tayanib “Qalampir.uz” xabar berdi.
San-Fransisko polisiyasi vakillari Jimmi Lem yakka holda harakat qilganini va bo‘lib o‘tgan voqea terrorizmga aloqador emasligini ta’kidlashdi. Ular bergan ma’lumotlarga qaraganda, otishma oqibatida yana 2 kishi yaralangan. Ular shifoxonaga etkazilgan.
Kasaba uyushmasi vakili Jozef Silia shu yilning mart oyida Jimmi Lem shikoyat bilan ularga murojaat qilganini aytdi. Lem belgilangan darajadan ortiqcha ishlayotganidan arz qilib, uni bu ishdan ozod etishlarini so‘ragan. Yuz bergan voqea ham aynan shu sabab bilan sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. ayni vaqtda polisiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar