Saudiya Arabistoni bosh muftiyi harbiylarga murojaat qildi

Saudiya Arabistoni bosh muftiyi harbiylarga murojaat qildi

Saudiya Arabistoni bosh muftiyi shayx Solih bin Favzon al-Favzon mamlakat chegaralarida xizmat qilayotgan harbiylarni husiylarga qarshi turishga va o‘z vazifasini bajarishga tayyor bo‘lishga chaqirdi.

«Bir safda turinglar»

Muftiyning murojaati Saudiya chegarasida xizmat qilayotgan harbiylar hamda koalitsiya kuchlariga yo‘llangan. U harbiylarni sabr-toqatli, hushyor va birdam bo‘lishga, qo‘mondonlar buyruqlariga amal qilishga chaqirgan.

Shayx Solih al-Favzon mamlakat hududini himoya qilish va unga qilingan tajovuzni qaytarish muhim vazifa ekanini ta’kidlagan. U murojaatida harbiylar o‘z vazifasini bajarish chog‘ida hayotini qurbon qilishga ham tayyor turishi kerakligini aytgan.

Vaziyat keskinlashgan bir paytda

Muftiyning murojaati Saudiya Arabistoni va husiylar o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan davrga to‘g‘ri keldi. So‘nggi haftalarda husiylar tomonidan Saudiya hududiga raketa va dron hujumlari amalga oshirilgani, Saudiya tomoni esa havo zarbalari bilan javob bergani xabar qilingan.

Muftiy o‘z duosida Saudiya Arabistoni va Yamanni turli xavf-xatarlardan asrashni ham so‘ragan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar