date

Fransiya kompaniyalari Eron iqtisodiyotiga 50 mlrd dollar kiritishga tayyor

Fransiya kompaniyalari Eron iqtisodiyotiga 50 mlrd dollar kiritishga tayyor

Fransiya kompaniyalari Eron temir yo‘llariga 20 mlrd dollar investisiya qilishga tayyor. Yana 30 mlrd dollar yo‘l transportiga kiritiladi. Bu haqda Iran.ru sayti'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Eron yo‘llar va shahar qurilishi vaziri Abbos Ohundiyning Fransiyaga tashrifi hamda uning Fransiya vakillari bilan muzokaralaridan so‘ng Fransiya boshqa Evropa davlatlariga nisbatan tezroq Eron bozoriga chiqish yo‘llarini ko‘ra boshladi. Vazirning bir qator yirik kompaniya vakillari bilan muzokaralari yakunlaridan ma’lum bo‘lishicha, evropalik investorlar sanksiyalar bekor qilinishidan oldin ushbu voqeaga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ymoqda.
Ohundiyning safaridan so‘ng Eronga Fransiya temir yo‘lchilik kompaniyalaridan biri Eronga tashrif buyurdi. Ular bilan bir qancha temir yo‘l stansiyalarini rekonstruksiya qilish borasida shartnoma imzolandi.
Ta’kidlanishicha, uzoq yillardan buyon birinchi marta Evropa kompaniyasi Eron temir yo‘llari loyihalarida ishtirok etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya kompaniyalari Eron iqtisodiyotiga 50 mlrd dollar kiritishga tayyor