Maqtov yorliq kamlik qiladi: Xitoy maktablarida a’lo o‘qigan o‘quvchilarga go‘sht berilmoqda

Maqtov yorliq kamlik qiladi: Xitoy maktablarida a’lo o‘qigan o‘quvchilarga go‘sht berilmoqda

Xitoyning ayrim maktablarida o‘quvchilarni yaxshi o‘qishga rag‘batlantirishning odatdagidan farqli usuli qo‘llanilmoqda. Fanlarni o‘zlashtirishda yuqori natija ko‘rsatgan va a’lo baholarga erishgan o‘quvchilar nafaqat maqtov yorlig‘i hamda diplom bilan taqdirlanadi, balki ularga bir necha kilogramm go‘sht ham beriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mukofot sifatida har bir o‘quvchiga 3–5 kilogramm miqdorida go‘sht taqdim etiladi. Bu tashabbus bolalarning mehnatini rag‘batlantirish va ularni o‘qishda yanada yuqori natijalarga erishishga undash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Odatda, o‘quvchilarni rag‘batlantirishda diplom, faxriy yorliq yoki sovg‘alardan foydalaniladi. Xitoydagi mazkur yondashuv esa o‘zining g‘ayrioddiyligi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini tortgan.

Ko‘pchilik bu usulni iliq qabul qilib, mehnatni amaldagi sovg‘a bilan qadrlash o‘quvchilar uchun yanada qiziqarli rag‘bat bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar