AQSh bombardimonchilari KXDR bilan qarama-qarshilik fonida Janubiy Koreyaga yuborildi

AQSh bombardimonchilari KXDR bilan qarama-qarshilik fonida Janubiy Koreyaga yuborildi
AQSh harbiy-havo kuchlarining ikkita B-1B tovushdan tez harakatlanuvchi bombardimonchisi Janubiy Koreyadagi mashqlarda ishtirok etmoqda. Ular o‘z bortida yadro qurolini ham olib yurish imkoniyatiga ega, deb xabar berdi Kun.uz nashri «Ryonxap» agentligi xabariga iqtibos keltirgan holda.

Ta’kidlanishicha, Seul tomondan mashqlarda F-15K qiruvchilari qatnashadi.

«B-1B ikkita bombardimonchisi bugun Koreya yarim oroliga yetib keldi va bizning F-15K qiruvchilarimiz bilan qo‘shma mashqlarda ishtirok etmoqda», - deyiladi xabarda.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Amerika samolyotlari Kanvondo viloyatidagi Pxilson poligonida mashg‘ulotlar davomida bombalar tashlaydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar