BMT ma’lumotlariga qaraganda, 2016 yil yakunlariga ko‘ra, jahonda qochqinlar, boshpana so‘rovchilar va ichki ko‘chib yuruvchi shaxslar soni rekord ko‘rsatkichga – 65 million 600 ming kishiga etdi. Bu 2015 yilga nisbatan 300 ming kishiga ko‘pdir.
BMT ekspertlarining ta’kidlashlaricha, o‘tgan yili har daqiqada o‘rtacha 20 kishi o‘z uyini tark etgan. Ya’ni, har uch soniyada bir kishi uyini tark etmoqda.
Qochqinlarning ko‘pchiligi – besh yarim million kishi Suriyadan kelmoqda. Bundan tashqari hisobot tuzuvchilar Janubiy Sudandagi keskinlikka ham e’tibor qaratishdi. Davom etayotgan harbiy mojarolar tufayli o‘tgan yili bu mamlakatni 800 ming kishi tark etgan.
Yaqinda BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha muassasasining rahbari Filippo Grandi jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ko‘chirilgan qochqinlarni joylashtirish uchun ajratiladigan joylarni 13 barobar ko‘paytirishga chaqirgan edi. Uning aytishicha, bugungi kunda bir milliondan ortiq kishini joylashtirish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi