Vladimir Putin Turkiyaga yangi elchi tayinladi

Vladimir Putin Turkiyaga yangi elchi tayinladi
Prezident Vladimir Putin Aleksey Yerxovni Rossiyaning Turkiyadagi elchisi etib tayinladi. Mazkur farmon huquqiy axborotlar rasmiy portalida chop etilgan.

Bungacha Aleksey Yerxov Rossiya Tashqi ishlar vazirligining inqirozli vaziyatlar markazi Departamenti direktori lavozimida ishlagan.
Ilgari, u Istanbulda bosh konsul edi. Bu Favqulodda va 1-sinf Muxtor elchi martabasiga ega ekanini bildiradi.

2017 yil may oyida Yerxovni elchi sifatida tayinlash Xalqaro ishlar bo‘yicha davlat dumasi qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Turkiyadagi Rossiyaning diplomatik missiyasi avvalgi rahbari Andrey Karlov 2016 yil dekabrda Anqarada halok bo‘ldi. Uning vazifalarini vaqtinchalik bajarish Rossiyaning Anqaradagi Muvaqqat ishlar vakili etib tayinlangan Sergey Panovga topshirilgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar