Tabiat mo‘jizasi: Hindistonda ikki boshli, to‘rt ko‘zli noyob ilon topildi

Tabiat mo‘jizasi: Hindistonda ikki boshli, to‘rt ko‘zli noyob ilon topildi

Hindistonning Gujarat shtatidagi Dahod tumani, Dhanpur hududida g‘ayrioddiy ko‘rinishga ega ilon topildi. Bir tanada ikki bosh va to‘rt ko‘zga ega bo‘lgan sudralib yuruvchi mutaxassislar tomonidan qutqarib qolindi.

Ilonni saqlab qolishda ishtirok etgan Dahod Prakruti Mitra Mandal guruhi vakillarining ma’lum qilishicha, uning har bir boshi alohida asab tizimiga ega. Bu esa noyob jonivorning o‘ziga xos biologik xususiyatlaridan biri hisoblanadi.

Mutaxassislar topilgan ilon bo‘ri ilonlari (wolf snake) turiga mansub bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, ushbu hududda bunday ikki boshli ilon ilk bor uchragan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Ikki boshli jonivorlar tabiatda juda kam uchraydi. Bunday holat embrion rivojlanishi jarayonidagi o‘ziga xosliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mazkur topilma esa mutaxassislar va tabiat ixlosmandlarining e’tiborini tortdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar