Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat diplomatik vakolatxonalariga chet eldagi qozoqlarga o‘z tarixiy vatanlariga qaytish borasida yordam berish topshirig‘ini berdi.
«Har bir davlatda elchixonalarimiz bor. Vatanga qaytmoqchi bo‘lganlarga vakolatxonalarimiz yordam bermog‘i lozim. Men Tashqi ishlar vazirligiga shu topshiriqni beraman. Bunday qozoqlar uchun chegarada muammo bo‘lmaydi», — deb aytgan Nazarboyev beshinchi Butunjahon qozoqlar qurultoyi davomida.
Nazarboyev xorijdan o‘z tarixiy vataniga qaytgan qozoqlar uchun mamlakatda hujjatlar borasida hech qanday muammo bo‘lmasligi lozimligini qo‘shimcha qilgan.
«Odamlar tug‘ilgan vaqti vaqtida ro‘yxatdan o‘tmagan yoxud ularning ish joylari haqida ma’lumotlar yo‘qligi singari muammolar vujudga kelishi mumkin. Ularga bu borada yordam berish lozim. Men hukumatga ushbu masalani ko‘rib chiqish topshirig‘ini beraman», — deb ta’kidlagan Qozog‘iston rahbari.
Qozog‘iston prezidenti, shuningdek, xorijdagi yoxud vatanga qaytgan qozoqlar uchun «Otandastar» fondini tashkil qilish lozimligi haqida gapirgan.
«Chet elda bo‘lgan yoxud vatanga qaytgan qozoqlarni qo‘llab-quvvatlash uchun «Otandastar» fondini tashkil qilish zarur. Men buni hukumatga topshiraman. Xabaringiz bor, o‘tgan 25 yil mobaynida iqtisodiyotimiz, siyosatimiz rivojlanishi tufayli ko‘pgina fuqarolarimiz badavlat insonlarga aylanishdi. Agar boylar ko‘p bo‘lsa, ular ko‘plab ish joylari yaratadilar. Biz Shimoliy Kavkazdan odamlarni qabul qildik, chechenlar uchun eshiklarimizni ochdik, nima uchun o‘zimizning qozoqlarimizni e’tibordan chetda qoldirishimiz kerak? Men barcha biznesmenlarni bu borada hissa qo‘shishga chorlayman», — deb murojaat qilgan Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 22 iyundan 25 iyunga qadar beshinchi butunjahon qozoqlar qurultoyi o‘tkazilib, unda 800dan ortiq delegatlar va dunyoning 39 davlatidan mehmonlar ishtirok etmoqda.
Manba: sputniknews-uz.com “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi