15:54 / 30.06.2017
8 454

Taylandda belgiyalik 30 yashar sayyoh ayol ulkan echkemarga em bo‘ldi…

Taylandda belgiyalik 30 yashar sayyoh ayol ulkan echkemarga em bo‘ldi…
Endi 30 yoshni qarshilagan belgiyalik sayyoh Eliza Dallemanga dunyoni aylanib, yoga bilan shug‘ullanish va meditasiya masalasida tajriba orttirish maqsadida Taylandga tashrif buyurgandi. Afsuski, falokat sodir bo‘ldi. Eliza ulkan echkemarga em bo‘ldi. Fojia yuz bergan joyga etib kelgan qutqaruvchilar va polisiya vakillari Elizaning shaxsini aniqlash uchun stomotologiya bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishga majbur bo‘lishdi. Boshqa yo‘l bilan ayolning shaxsini aniqlab bo‘lmadi.

Aytishlaricha, o‘limidan uch kun oldin oilasidagilar bilan skayp orqali gaplashgan. Kayfiyati a’lo darajada edi. Qolaversa, o‘limi oldidan hech qanday xat ham qoldirmagan. Ba’zi mutaxassislar balki o‘z joniga qasd qilgandir degan to‘xtamni ham ilgari surishgandi. Joniga qasd qilsa, albatta xat qoldirishi lozim edi. Ustiga ustak joniga qasd qilgan odam o‘zini o‘zi tanib bo‘lmas darajada g‘ajib tashlamaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Taylandda belgiyalik 30 yashar sayyoh ayol ulkan echkemarga em bo‘ldi…