Nemis jurnalistlari AQSh prezidenti Donald Tramp kortejidagi mashinalardan birida muddati o‘tib ketgan raqamlar taqib olinganini payqashdi. Mashina yaqinda AQShdan 7-8 iyul kunlari "Katta yigirmatalik" sammiti o‘tadigan Gamburg shahriga etkazilgan va unga nemis mashina raqamlari o‘rnatib qo‘yilgan. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, mashinaga AQShdagi doimiy raqamlar ustidan o‘rnatilgan bu vaqtinchalik diplomatik raqamlarning muddati o‘tib ketgan: raqamlar faqatgina 27 iyungacha amal qilgan.
Germaniya qonunlariga ko‘ra, bunday qoidabuzarlik uchun 50 evro jarima ko‘zda tutilgan. Biroq nemis huquq-tartibot idoralari AQSh delegasiyasi diplomatik immunitetga egaligi sababli bu masala bilan shug‘ullanishmaydi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Shu bilan birga Tramp va unga hamrohlik qilayotgan shaxslar sammit vaqtida qayerda yashashlari noma’lumligicha qolmoqda. Avvalroq Oq uy egasi Gamburgdagi birorta ham mehmonxonani bronlab qo‘ymagani ma’lum qilingandi, vaholanki sammit o‘tadigan kunlarga shahardagi mehmonxonalardan birortasida bo‘sh joy qolmagan. Taxminlardan biriga ko‘ra, Tramp Berlinda joylashishi mumkin, biroq u holda unga Gamburgga kelish va ortga qaytish uchun yo‘lga bir necha soat ketkazishiga to‘g‘ri keladi.
Nemis nashrlari sammitning yana bir ishtiirokchisi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishishmoqda. Hamburger Morgenpost nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Germaniyaga oltin suv yugurtirilgan shaxsiy samolyot trapi bilan kelgan. Uning delegasiyasi shuningdek Gamburgga bir nechta tuya olib keladi, chunki uyidan uzoqda bo‘lganda ham rasionidan og‘ishishni istamaydigan qirol yangi sog‘ilgan tuya sutidan tayyorlangan taomlarni iste’mol qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»