Suriyada Bashar Asad surati chop etilgan banknotalar chiqarildi

Suriyada Bashar Asad surati chop etilgan banknotalar chiqarildi
Suriyada mamlakat prezidenti Bashar Asad surati tushirilgan ilk banknotalar muomalaga chiqarildi. Asadning surati yangi 2 ming Suriya funtida (10 dollar) paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

2 ming funtlik banknota Suriyadagi eng yirik pul birligiga aylandi. Bungacha eng yirik banknota ming funtlik banknota bo‘lgan.

Asad surati tushirilgan banknotalar muomalaga 2 iyulda chiqarildi. Suriya markaziy bankida ta’kidlanishicha, bu kupyuralar ancha avvalroq bosib qo‘yilgan, biroq urush va valyuta kurslaridagi tebranishlar sababli muomalaga kiritilmay kelingan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar