
1 iyul kuni Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi rahbari Zamari Kamgarning o‘g‘li mamlakatning shimoliy Balx hududida o‘ldirilgan.
Mahalliy polisiyaning ma’lum qilishicha, marhum Parviz Kamgar o‘z oila a’zolari bilan Xulm tog‘iga ov qilish uchun chiqqan vaqt noma’lum kimsalar tomonidan bir necha marotaba o‘qqa tutilgan.

Afg‘onistondagi Abu Ali ibn Sino nomidagi markaziy shifoxona bosh vrachining xabar berishicha, Parvizning jasadi shifoxonaga olib kelinganda uning bosh qismidan o‘q qoldiqlari topilgan.
Ayni paytda polisiya Kamgarning joniga suiqasd qilgan jinoyatchilarni izlash ishlarini olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, biznesmen Zamari Kamgar Kam Air aviakompaniyasiga 2003 yilning 31 avgust kuni asos solgandi. Uning katta o‘g‘li Kambiz, kichik o‘g‘li esa Parviz bo‘lib, aynan Parviz Toshkent shahridagi Xalqaro maktabda tahsil olgan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar