
Braziliyalik ayol ijtimoiy tarmoqlarga 11 yoshli qizining qovoqlari orasidan qo‘g‘irchoq ko‘zini chiqarishga urinayotgani aks etgan videoni joylashtirdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
O‘yinchoq ko‘z shu darajada katta bo‘lganidan qizcha uni qovoqlari orasidan chiqara olmagan. Reyssa Ayvoni Fikag ismli ayol qizi qo‘g‘irchoq bilan o‘ynab o‘tirganini, u bir necha daqiqaga tashqariga chiqqanda, qizi qo‘g‘irchoqning ko‘zini o‘zining ko‘ziga o‘rnatganligini ma’lum qildi. O‘yinchoq ko‘z kattaligidan qizcha kiprik qoqishga ham qiynalgan.
Nashrning xabar berishicha, sun’iy ko‘z qizchaga hech qanday jiddiy jarohat etkazmagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa, onani mas’uliyatsizlikda ayblab, onalik huquqidan mahrum qilish bilan tahdid qilishdi. Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan mazkur videorolikni 7 millionga yaqin foydalanuvchi tomosha qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar