
Ularning biri Pokiston fuqarosi bo‘lib, giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblangan. Qolgan besh nafari esa qirollik oilasiga qarashli. Ular qotillik jinoyatlari sodir etganlikda ayblandi. Shariat sudi hukmiga ko‘ra, barcha sudlanganlarning boshi tanasidan judo etildi.
2017 yil shu kunga qadar Saudiyada jami 44 ta qatl etish marosimi tashkil etilgan. Qatl etilganlarning aksariyati siyosiy jinoyatlar sodir etgan, hukumatga qarshi aksiyalarda ishtirok etgani sababli o‘limga mahkum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 19 oktyabrida Saudiya shahzodasi Turkiy bin Saud al-Kabir uch yil oldin qotillik jinoyati sodir etgani uchun qatl qilingandi. 2014 yili esa o‘lim jazosi ijrosi bo‘yicha Saudiya Arabistoni rekord darajani qayd etgan. O‘sha yili jami 158 nafar sudlangan shaxslar boshi tanasidan judo etilgan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar