08:44 / 16.07.2017
5 278

Urush tufayli ishlamagan Beng‘ozi aeroporti ochildi

Urush tufayli ishlamagan Beng‘ozi aeroporti ochildi
Liviyaning Beng‘ozi shahri yaqinidagi "Benina" xalqaro aeroporti 15 iyul kuni tijorat parvozlari uchun ochildi. U 3 yil avval shahardagi qurolli to‘qnashuvlar sababli yopilgan edi. Bu haqda Reyter agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk parvoz poytaxt Tripoliga amalga oshirilgan. Bundan tashqari, mamlakat janubi-g‘arbidagi Kufra hamda Iordaniya poytaxti Amma shahriga ham parvozlar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Tunisga, u orqali Turkiya (Istanbul), Misr (Iskandariya) va Liviya g‘arbidagi Zintan shaharlariga ham havo qatnovlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Havo qatnovlarini ikkita davlat kompaniyasi — Libyan Airlines va Afriqiyah Airways aviakompaniyalari amalga oshirmoqda. "Benina" aeroporti yopilganidan so‘ng, yo‘lovchilar Beng‘ozidan 4 soat uzoqlikda bo‘lgan "Al-Abrak" aeroportiga borishlariga to‘g‘ri kelayotgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urush tufayli ishlamagan Beng‘ozi aeroporti ochildi