Rossiyaning «AvtoVAZ» kompaniyasining Tolyatti avtogigantini rivojlantirishga bag‘ishlangan yopiq majlisi kutilmagan natija bilan tugadi. Ma’lum bo‘lishicha, «AvtoVAZ» rahbariyati 2017–2018 yillarda zavod ishchilari sonini 8 mingdan ko‘proqqa qisqartirishni rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda, korxona xodimlari soni 37 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Shunga ko‘ra, gap 20 foizlik qisqartirish haqida bormoqda, deyish mumkin.
Kutilayotgan o‘zgarishlar haqida prezident Putinning Volgabo‘yi federal okrugidagi vakili Mixail Babich ma’lum qildi. U korxona rahbari Nikolya Mor bilan birga majlisda ishtirok etgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Dasturga ko‘ra, bu yil «AvtoVAZ»dagi ishchilar soni 6 mingga qisqaradi, kelasi yilda ular safiga yana 2,2 ming kishi qo‘shiladi, deya Babich so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Kompaniya matbuot xizmatida «Gazeta.Ru»ga ma’lum qilishlaricha, «gap faqat taxminlar haqida bormoqda va hech qanday majburlash bo‘lmaydi». Keyinroq, fevral oyida e’lon qilingan qisqartishlarni, 740 kishining ishdan bo‘shatilishini tasdiqlay olishlarini bildirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin