date
views 6 661

Venesuelada hibsga olingan besh polisiyachi o‘z og‘izlarini tikib tashladi

Venesuelada hibsga olingan besh polisiyachi o‘z og‘izlarini tikib tashladi
Venesuelada besh nafar hibsga olingan polisiyachi e’tiroz bildirish maqsadida o‘z og‘izlarini tikib tashladi. Bu haqda Efecto Cocuyo nashriga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Jurnalist Rikardo Dyuranni o‘ldirishda gumon qilinib jami 14 polisiyachi hibsga olingan. Prokuratura o‘tkazilgan taftish natijasida polisiyachilar jinoyatga aloqador emas degan xulosaga keldi, ammo ular hali ham hibsdan ozod etilmadi.

«Talablarimizga javob ololganimiz yo‘q. Sog‘lig‘imiz yomonlashmoqda», — deyiladi polisiyachilarning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaatida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venesuelada hibsga olingan besh polisiyachi o‘z og‘izlarini tikib tashladi