10:38 / 19.07.2017
5 847

Ispaniyada o‘nlab kishilar ot go‘shtini sotish ishi bo‘yicha ushlandi

Ispaniyada o‘nlab kishilar ot go‘shtini sotish ishi bo‘yicha ushlandi
Ispaniya polisiyasi Evropa bo‘ylab ot go‘shtini sotish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy to‘daga qarshi maxsus amaliyot doirasida 65 kishini qo‘lga olib, ularga nisbatan ayblov e’lon qildi. Gumondorlar iste’molga yaroqsiz, eski go‘shtlarni sotish, ularni me’yorlardan chetlangan holda qadoqlashgan. Evropol tomonidan e’lon qilingan bayonotda shu haqda so‘z boradi.

Ispaniya polisiyasi Evropol bilan hamkorlikda qo‘lga olinganlarni jonivorlarni tahqirlash, hujjatlarni soxtalashtirish, jamoat sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlarni sodir etish, pullarni noqonuniy yo‘llar bilan o‘tkazish va jinoiy guruh a’zosi bo‘lish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblamoqda.

Mazkur surishtiruv 2013 yili Evropada avj olgan ot go‘shti mojarosi bilan bevosita bog‘liq ekani ta’kidlanmoqda. O‘shanda, Irlandiya oziq-ovqat xavfsizligi davlat idorasi o‘zi o‘rgangan 27 ta hamburgerning 10 tasi tarkibidan ot go‘shti DNKlarini topgan edi.

Masalan, Buyuk Britaniyaning eng yirik chakana savdo tarmog‘i Tesco supermarketida sotilayotgan burgerlarning 29 foizida ot go‘shti aniqlangandi.

Qit’aning 16 mamlakatidagi iste’molchilarga mahsulot etkazib beruvchi Fransiya kompaniyasi – Comigel ham mojaro markazida qolgandi. Uning mahsulotlarida mol go‘shti deb qadoqlangan, muzlatilgan yarim tayyor mahsulotlarning 60 foiz tarkibi ot go‘shtidan iboratligi fosh etilgandi.

Mojarodan so‘ng olib borilgan tekshiruvlar "ot go‘shtini ta’minlash sohasida mashhur bo‘lgan niderlandiyalikni aniqlashga imkon bergan", deyiladi Evropol xabarida.

Keyinchalik, gumondorning jinoiy to‘da rahbari ekani aniqlangan. 2016 yilda ma’lum bo‘lishicha, otlar Ispaniya shimolidagi maxsus kushxonalarda so‘yilib, kerakli hujjatlar soxtalashtirilgach, Belgiyaga yuborilgan. Ispaniyadagi kushxonalardan olingan go‘shtlar tahlil qilingach, ot go‘shtlari asosan xorijga yuborilgani aniqlangan.

Jinoiy guruh etakchisi Belgiyada qo‘lga olingan. Bundan tashqari, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Ruminiya, Shveysariya va Buyuk Britaniyada polisiya amaliyotlari o‘tkazilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyada o‘nlab kishilar ot go‘shtini sotish ishi bo‘yicha ushlandi