18:33 / 22.07.2017
7 719

Sharbat sotayotgan 5 yoshli qizga jarima belgilandi

Sharbat sotayotgan 5 yoshli qizga jarima belgilandi
Buyuk Britaniyada 5 yoshli qiz mahalliy nazoratchilar tomonidan jarimaga tortildi. Londonda yashovchi qizga uyining oldida sharbat sotgani uchun 195 dollar jarima belgilandi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Qizning otasi Andre Spayserning aytishicha, nazoratchilar uni jarimaga tortishganini eshitgan qizaloqning ko‘zi yoshga to‘lgan. Qizaloq “Lovebox” raqs festivali muxlislari uchun uyida tayyorlangan sharbatni sotayotgan vaqtida tanbeh eshitgan.

4 nafar ofiser qizning yoniga kelib, limonad sotiladigan joy va sharoit texnik talablarga javob bermasligini aytishgan va uni jarimaga tortishgan.

Ofiserlar bilan suhbatdan so‘ng, qizaloq yig‘lab, otasiga “Dada, men yomon ish qildim. Men qayerdadir xato qildim”, degan. Andre Spayser bo‘lib o‘tgan voqea haqida “Daily Telegraph”ga yozgan. Bu voqeadan xabar topgan foydalanuvchilar minglab izohlar qoldirishdi. Bu xabarni internet bo‘ylab tarqatishdi. Ular ofiserlarni noto‘g‘ri harakat qilganlikda ayblashdi.

Mahalliy mansabdorlarning xabar qilishicha, jarima puli bekor qilinadi va ofiserlar ushbu oiladan kechirim so‘raydilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sharbat sotayotgan 5 yoshli qizga jarima belgilandi