
Avstraliyaning Perte shahridagi Merdok universiteti talabasi Marianna Negard suyakli baliqlar turiga mansub dunyoda eng og‘ir — xudvinker quyoshli balig‘ini topdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Hind va Tinch okeanidagi quyoshli baliqlar genetikasini o‘rgangan qiz baliqning yangi turini topdi. Tadqiqot uchun uch yil vaqt sarflandi. Mazkur ikki tonnali baliqlar tarkidunyochilikni xush ko‘rib, aksariyat vaqtlarini yolg‘izlikda o‘tkazishi aniqlandi. Quyoshli baliqlar okeanning odam oyog‘i etmas, o‘rganish qiyin bo‘lgan hududlarida yashaydi.
Ularning quyoshli baliqlar deb atalishiga, mazkur baliqlarning ovqat izlab, okean tubiga tushishlari va quyoshda isinish uchun yuqoriga ko‘tarilishlari sabab bo‘lgan. Olimlar 130 yildan beri quyoshli baliqlar (xudvinkerlar)ni uchrata olmayotgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar