15:32 / 28.07.2017
7 821

Yaponiyada chumolilar bilan bog‘liq kutilmagan xavfli holat yuz berdi

Yaponiyada chumolilar bilan bog‘liq kutilmagan xavfli holat yuz berdi
Yaponiyalik tibbiyot xodimlari olovrang chumoli odamni tishlashi bilan bog‘liq birinchi holatni qayd qildi. U dunyodagi eng xavfli chumoli turlaridan biri hisoblanadi, deb xabar beradi Daryo.uz.

Voqea Kyusyu orolining Xakata portida ro‘y berdi.
Olovrang chumolilar Xakata portida bir hafta muqaddam aniqlangan edi. Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bir necha o‘n xavfli hasharot Xitoydan kelgan konteyner yonidan topilgan.

Chumolilar shu zahotiyoq yo‘q qilindi. Ushbu konteynerdagi yuklar Yaponiyaning turli qismlariga yo‘llangani haqida ma’lumot yo‘q.
Shunga qaramay, port xodimlaridan biri jabrlandi. U konteynerdagi yuklarni tushirayotganida tishlandi. Erkak yaqin atrofdagi shifoxonaga etkazildi.

Mediklar uni olovrang chumoli tishlaganini tasdiqladi. Erkakning sog‘lig‘iga jiddiy tahdid yo‘q.
Bu olovrang chumolilar odamni tishlashi bilan bog‘liq Yaponiyada qayd qilingan birinchi holat bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada chumolilar bilan bog‘liq kutilmagan xavfli holat yuz berdi