Shveysariyaning Vale kantonida uzunligi deyarli 500 metr keladigan piyodalar uchun mo‘ljallangan osma ko‘prik ochildi. Bu ko‘prik dunyo rekordini yangilab, dunyodagi eng uzun piyodalar osma ko‘prigiga aylandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Ko‘prik qurilishi homiylaridan biri sharafiga Charlz Kuonen deb nomlangan ko‘prik er sirtidan 80 metr balandlikdan o‘tib, Grexen va Sermatt aholi punktlarini bog‘laydi. Uning uzunligi 494 metrni, eni esa 65 sm ni tashkil qiladi.
Ma’lum qilinishicha, ko‘prik qurilishiga 730 ming shveysar franki (750 ming dollar) sarflangan. Ko‘prikdan piyodalar 29 iyuldan foydalana boshlaganlar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin