Bir guruh olimlar Qrimda qazish ishlari olib borish jarayonida o‘zga sayyoralikning jasadiga to‘qnash kelishibdi. Jasad o‘rganib chiqilganda, eramizdan avvalgi birinchi, ikkinchi asrga tegishli ekani aniqlanibdi.
— Jasad bir yarim yashar bolaga tegishli, — dedi olimlardan biri. — Lekin bo‘yi, mushaklari va boshqa a’zolariga nazar tashlansa, bir yarim yasharga sira o‘xshamaydi…
Olimlar bu jihatini ham obdon o‘rganib chiqishdi. Yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘sha davrlarda Qrim hududi Bosporlar podsholigiga tegishli bo‘lgan. Podsholikda yashagan, xizmat qilgan har bir erkak, jangchi o‘ta agressiv xarakterga ega bo‘lgan. Shu sababli ham taxmin qilindiki, o‘zga sayyoralikni aynan o‘sha podsholik jangchilari shafqatsizlarcha o‘ldirib, keyin dafn ham etishgan. Shafqatsizlarcha o‘ldirish deganda, olimlar o‘zga sayyoralikning bosh chanog‘iga o‘ldirishdan oldin o‘ta jiddiy jarohat etkazilganini nazarda tutgan. Shundan keyin ham ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan qiynoqlarga solishgan.
Biroq boshqa bir olimlar guruhi bu fikrlarni qat’iy ravishda inkor etdi. Ularning aytishicha, suratdagi bu skelet o‘zga sayyoralikka tegishli emas. U Bospor podsholigining yengilmas jangchilaridan biri bo‘lgan. Asosiysi, Bospor podsholigi davridagi odamlarning boshi juda katta hajmda va cho‘zinchoq bo‘lgan. Jasadning shu jihati ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlab turibdi. Yana bir haqiqat shundan iboratki, o‘zga sayyoraliklar tanasi odamlarnikidan butkul farqlanadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin