Misrda ushlangan olti nafar qozog‘istonlik talabalar bilan bog‘liq vaziyatda ayni damda o‘zgarishlar yo‘q. Bu haqda Ostonada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Anuar Jaynaqov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Misr hozircha Qozog‘istonga ushlanganlar bilan bog‘liq vaziyat va ularning nima sababdan ushlangani haqida axborot bermagan.
Shu munosabat bilan Qozog‘iston TIV Misr TIVga norozilik notasini yubordi va bu kabi notani Misrning Qozog‘istondagi Muvaqqat ishlar vakiliga ham topshirdi, dedi Jaynaqov hukumat majlisi tanaffusi vaqtida jurnalistlarga bergan intervyusida.
Uning aytishicha, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va Misr huquq tartibot idoralari vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar “samara bermadi”, biroq Qozog‘iston tomoni Qozog‘iston fuqarolarining hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan tushuntirish berilishini va hibsga olinganlarning oldiga kirish imkoniyati yaratilishini talab qilmoqda.
«Qohirada Qozog‘istonning olti nafar fuqarosi yo‘qolib qolganidan beri 12 kun o‘tdi. Bizda bo‘lgan ishonchli ma’lumotlarga ko‘ra, 20 iyul oqshomida ular Misr maxsus xizmati xodimlari tomonidan ushlangan. Shundan beri biz Misr tomonidan ushlanganlar bilan bog‘liq vaziyat haqida rasmiy ma’lumot olganimiz yo‘q”, — dedi Jaynaqov.
Misr xavfsizlik idoralari tomonidan olti nafar qozog‘istonlik talabaning hibsga olinishi 25 iyulda ma’lum bo‘ldi. Ularning ikki nafari til o‘rganish kurslarida o‘qish maqsadida 11 iyul kuni Qohiraga kelgan va boshqalar bilan birga bitta uyda istiqomat qilib kelishayotgan edi. 20 iyul kundan boshlab ular qarindoshlari bilan aloqaga chiqishni to‘xtatishdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...