Turkiyada avtobus halokatga uchradi, qurbonlar bor

Turkiyada avtobus halokatga uchradi, qurbonlar bor
Bugun, 5 avgust kuni Turkiyaning shimoliy hududida joylashgan Amasya viloyatida yo‘lovchi avtobusning ag‘anab ketishi natijasida besh nafar kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari yana 36 kishi jiddiy jarohatlandi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, Istambuldan Samsun shahriga qarab yo‘l olgan avtobus katta yo‘ldan chiqib ketib, shaharning Merzifon tumanida ag‘anab ketgan.

Jarohatlanganlar zudlik bilan shifoxonaga etkazildi. Hozirda halokat sabablari o‘rganilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar