2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so‘ng 16 yil o‘tgach, AQShda terakt qurbonidan birining shaxsi aniqlandi, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.
Uning kimligi DNK tahlili yordamida aniqlangan. Qurbonning ismi-sharifi oila a’zolarining iltimosiga binoan e’lon qilinmayapti.
Xabar qilinishicha, 2015 yildan buyon ilk marotaba 9/11 terakti qurbonining shaxsi aniqlanmoqda.
2001 yil 11 sentyabrida "Al-Qoida" terrorchilik tashkilotining xudkush a’zolari AQShda 4 ta yo‘lovchi samolyotini egallab olib, ulardan ikkitasini Nyu Yorkdagi Jahon savdo markazi majmuasining egizak binolariga, yana ikkitasini Pentagon va ehtimollarga ko‘ra, Oq uy yoki Kapitoliyga yo‘naltirishgan. Samolyotlarning 3tasi nishonga etgan. To‘rtinchisi Pensilvaniyadagi Shanksvill shahri yaqiniga qulabtushgan. 11 sentyabr voqealarida 2974 kishi qurbon bo‘ldi, 24 kishi bedarak yo‘qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi