17:32 / 10.08.2017
6 264

Germaniya hukumati afg‘on qochqinlarini ommaviy chiqarib yuborishdan voz kechdi

Germaniya hukumati afg‘on qochqinlarini ommaviy chiqarib yuborishdan voz kechdi
Germaniya hukumati afg‘on migrantlarini ommaviy chiqarib yuborishdan voz kechdi. Tashqi ishlar vazirligi va IIVda Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni baholashni qayta ko‘rib chiqishdi va uni «xavfsiz» mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarishdi.

Shu kunga qadar GFR hukumati Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq sharoitni qoniqarli deb baholab kelgan edi. «Xavfsiz» deb nomlangan mamlakatlar ro‘yxatiga Albaniya, Makedoniya, Chernogoriya va Serbiya ham kirardi. Bu mamlakatlardan kelgan boshpana qidiruvchilarni vatanlariga qaytarib yuborishdi.

Germaniya hukumatining rejalarida 10 mingga yaqin afg‘onlarni deportasiya qilish bor edi. Bunday qaror o‘tgan yil noyabrida qabul qilingan edi. May oyida Qobulda sodir etilgan terrorchilik harakatidan keyin (kamida 80 kishi qurbon bo‘lgan) Afg‘onistondagi xavfsizlik darajasini baholashni qayta ko‘rib chiqishdi.

2016 yilda Germaniya Afg‘onistonga 27 nafar boshpana so‘rovchini, 2015 yilda faqat 9 nafarini qaytargan edi. Hozirgi vaqtda GFR hududida taxminan 250 ming afg‘onistonlik bor. Bu Afg‘onistondan chiqib ketganlar umumiy sonining 5 foizi atrofida bo‘lgan miqdorni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya hukumati afg‘on qochqinlarini ommaviy chiqarib yuborishdan voz kechdi