Mamlakat uchun tinchlik va osoyishtalik qanchalik muhim ekanligini Suriya misolida tushunish ayni muddao. Bir necha yillar oldin gullab-yashnagan mamlakat, ichki va tashqi dushmanlar tufayli xarobaga aylandi. Iqtisodiyot izdan chiqdi, aholi tinch hayot izlab turli yurtlarda sarson bo‘ldi.
Turizm va sanoat faoliyati evaziga rivojlanayotgan davlatlar qatoriga e’tirof etilgan Suriya sekin-asta o‘zini tiklamoqda.
2011-2017 yillarda urushni boshidan kechirgan mamlakat avvalgi mavqeini tiklash harakatida. Buni Damashqda tashkil etilishi rejalashtirilgan ko‘rgazmada ko‘rish mumkin.
Suriya poytaxti Damashq shahrida 2017 yilning 17 avgust kuni Damashq xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlashi haqida xabar berildi.
Oradan olti yil o‘tib o‘z faoliyatini boshlash arafasida turgan xalqaro ko‘rgazma 1954 yilda ilk bor tashkil etilgan edi. 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi natijasida ko‘rgazmani tashkil etish to‘xtatilgan edi.
Ko‘rgazma joriy yil 59-marta tashkil etiladi. Damashqning janubida joylashgan ko‘rgazmalar kompleksi qayta ta’mirlanmoqda.
Ma’lumot uchun, Damashq xalqaro ko‘rgazmasi Yaqin Sharq mintaqasida eng obro‘li ko‘rgazma hisoblanadi. 1954 yilda o‘tkazilgan ko‘rgazmada 26 mamlakat vakillari ishtirok etgan. 57-ko‘rgazmada 45 mamlakatdan 4340 ta tashkilot o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etgan edi. Ko‘rgazmani tomosha qilish uchun 670 mingdan ortiq kuzatuvchilar tashrif buyurgan.
Ko‘rgazma neft va gaz, metallurgiya va mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, kemasozlik, optika, yengil sanoat, tibbiyot, qurilish, qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi, qog‘oz sanoati, elektronika singari yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»