Amerikalik ayol 7 qavatdan mashinasi bilan pastga quladi (Video)

Amerikalik ayol 7 qavatdan mashinasi bilan pastga quladi (Video)
Ijtimoiy tarmoqlarda avtoturargohning ettinchi qavatidan qulab, pastdagi mashinani bosib qolishiga bir bahya qolgan avtomashina aks etgan videorolik tarqaldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Voqea Texas shtatining Ostin shahrida ro‘y berdi. Kuzatuv kamerasi avtomobilning perpendikulyar ravishda asfaltga qulaganini videoga olgan. Bu paytda pastda turgan mashina egasi xuddi sezgandek, oldinga siljib, falokatdan omon qoldi.

Nashrning xabar berishicha, avtomashina rulida bo‘lgan ayol tirik qolgan va ayni paytda kasalxonada davolanmoqda. Baxtsiz hodisaga haydovchining pedalni adashib bosgani sabab bo‘lgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar