12 avgust kuni Turkmaniston ichki ishlar vazirligining harbiy qismlaridan birida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning «Mard yigitlar qahramonliklar uchun tug‘iladilar” deb nomlangan yangi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Prezidentning yangi kitobi Turkmaniston IIV tarixiga va prezidentning otasi Myalikguli Berdimuhamedovning mazkur tuzilmadagi faoliyatiga bag‘ishlanadi, deya xabar berdi Turkmaniston rasmiy OAV.
Davlat rahbarining yozishicha, otasining hayot yo‘li o‘zi uchun hamisha namuna bo‘lib kelgan, ajdodlarning ajoyib va ma’naviy sifatlari esa – hayot maktabidir.
Bu Turkmaniston prezidentining oilasiga bag‘ishlangan navbatdagi kitobidir. Bundan avval nashr qilingan "Dovlet gushы" otasi Myalikguli Berdimuhamedovga, "Alem ichre at gezer" kitobi esa buvasi Berdimuhammed Annaevga bag‘ishlangan edi.
2007 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan Turkmaniston prezidenti turli mavzulardagi, jumladan, tarix, iqtisod, dorivor o‘simliklar, turkman ananalariga bag‘ishlangan 40dan ortiq kitobning muallifidir. Birgina 2016 yilda prezident 7 ta kitob yozdi.
Turkmaniston o‘rta maktablarida o‘qituvchilardan dars mobaynida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov kitoblaridan iqtiboslar keltirish talab qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi