23:02 / 15.08.2017
5 765

Qozog‘iston Rossiya Sladkoe ko‘lini «sovg‘a qilgani»ni inkor etdi

Qozog‘iston Rossiya Sladkoe ko‘lini «sovg‘a qilgani»ni inkor etdi
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Anuar Jaynakov ma’lum qildiki, Sladkoe ko‘lini Rossiyaning Qozog‘istonga «sovg‘asi» deb atash to‘g‘ri emas. Bu haqda Kun.uz xabar qildi.

«Aytish kerakki, bu ko‘l Qozog‘istonga o‘tishi Rossiyaning «sovg‘asi» deyish to‘g‘ri emas. Chunki, bu ko‘lning asosiy qismi avvaldan Qozog‘iston Respublikasi hududida joylashgandi», — deya qayd etgan u.

Jaynakovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi chegara chiziqlari 2005 yil 18 yanvaridagi kelishuvda o‘rnatilgandi.

Uning qayd etishicha, chegaradagi bu hududda «Qozog‘iston va Rossiya tomonlari kelishuvi bo‘yicha chegara belgilari o‘rnatilgan», shu tufayli ayni vaqtda «hech qanday almashuv» ro‘y bermadi.

Bugun Rossiya Novosibirskda joylashgan ko‘lni to‘lig‘icha Qozog‘istonga bergani haqida xabar qilingandi.

Ov mavsumida mazkur ko‘lga mahalliy aholi va Novosibirsk hamda Omskdan tez-tez mehmonlar kelib turgan.

«Bu ko‘lda baliq yo‘q, shunchaki tabiatni bezab turibdi. Tumanimizda Gorkoe ko‘li bor – u foydali. Sladkoe ko‘li esa yarim ko‘l, yarim botqoq. U iqtisodiy jihatdan hech qanday qiziqish uyg‘otmaydi», deya ta’kidlagan tuman ma’muriyati rahbari Vladimir Shubnikov.

Ko‘l Kupino tumani markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ko‘l yuzasi maydoni 45 gektardan iborat. Ilgari Rossiya hisobiga uning 14 gektari to‘g‘ri kelardi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston Rossiya Sladkoe ko‘lini «sovg‘a qilgani»ni inkor etdi