15:24 / 19.08.2017
6 003

Kambrilsda bo‘lgan hujumda bir polisiyachi to‘rt terrorchini otib tashladi. Bu qanday bo‘ldi?

Kambrilsda bo‘lgan hujumda bir polisiyachi to‘rt terrorchini otib tashladi. Bu qanday bo‘ldi?
Barselonada terakt yuz berganidan so‘ng 18 avgustga o‘tar kechasi Kataloniyaning Kambrils shahrida ikkinchi hujum uyushtirildi. Beshta terrorchi mashinada piyodalar ustiga bosib borishni boshlagan, biroq ular otib tashlangan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ularning to‘rt nafarini bir polisiyachi otib tashlagan. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Hujum qilayotganlar qirg‘oq bo‘ylab Audi 3 mashinasida harakatlangan. Mashina chorrahada polisiya tomonidan o‘rnatilgan postga borib urilishidan oldin to‘rt kishini urib ketishga ulgurgan. Ichida terrorchilar bo‘lgan avtomobil ag‘darilib ketgan.

To‘qnashuvda bir polisiyachi oyog‘i va boshidan jarohat olgan. Terrorchilar mashinadan chiqib, o‘tib ketayotgan odamlarga pichoq, machete va bolta bilan hujum qilishga uringan. Hujum qilayotganlar portlovchi belbog‘ni eslatuvchi kiyim kiygan.

Shu paytda ikkinchi polisiyachi to‘pponchadan o‘t ochishni boshlagan. U to‘rt terrorchini o‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan. Qo‘lida sovuq qurol bo‘lgan terrorchi «Allohu akbar» deb baqirib, polisiyaning «Yot» degan buyrug‘ini bajarishdan bosh tortgan.

Beshinchi terrorchi qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan. U keksa ayolning boshiga jarohat etkazgan. Ayol keyinroq kasalxonada vafot etgan. Jinoyatchini yaqin atrofda bo‘lgan boshqa polisiya otryadi otib tashlagan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘ldirilgan terrorchilardan biri Barselonada mashinani olomon ustiga haydagan haydovchi bo‘lishi mumkin.

Vafot etgan ayol va jarohatlangan polisiyachidan tashqari, Kambrilsdagi hujumda yana besh kishi jabrlangan. To‘rt nafar terrorchini o‘ldirgan polisiyachining ismi oshkor qilinmayapti, biroq uning psixologga yordam so‘rab murojaat qilgani ta’kidlanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kambrilsda bo‘lgan hujumda bir polisiyachi to‘rt terrorchini otib tashladi. Bu qanday bo‘ldi?