09:32 / 21.08.2017
5 393

Tojikistonliklar Rossiyada mardikorchilik qiluvchi yigitga qiz bermayapti…

Tojikistonliklar Rossiyada mardikorchilik qiluvchi yigitga qiz bermayapti…
Qaysi xonadonga sovchi bo‘lib kirmang, Tojikistonda avval bir savolni ko‘ndalang qo‘yishadi. «Bo‘lg‘usi kuyov bo‘lmish nima ish qiladi? Qaerda ishlaydi?..»

Agar «Yigit Rossiyada ishlab pul topyapti», deb javob qaytarilsa, sovchilarga darhol rad javobi beriladi. Agar qizning ota-onasi o‘zi bu rad javobini ayta olmasa, keyinroq boshqalar orqali etkazadi.

Rahim Bobokalonov Dushanbe yaqinidagi Mirishkoron qishloq fuqarolar yig‘ini raisi. Uni atrofdagi barcha qishloqlar aholisi hurmatlaydi. Ko‘pincha sovchilikka raisni ham birga olib borishadi. Lekin baribir foydasi yo‘q. Yigit Rossiyada ishlashi ma’lum bo‘lsa bas, sovchilik amali muvaffaqiyatsizlikka yuz tutadi.

— To‘g‘ri, — dedi rais. — Rossiyada ishlaydiganlarning hammasigayam rad javobi berilmaydi. Agar yigit Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lsa, u mamlakatda uy-joyi tayin, oladigan maoshi ehtiyojlarni qoplar darajada yaxshi bo‘lsa, ota-ona qizini jon deb unga uzatadi. Mayli, yigit vatanida yashasin, aniq ish joyi, ro‘zg‘or tebratishga etadigan maoshi bo‘lsa, ota-onalar qizini u yigitga beradi. Boshiga yostiq qilmaydi-ku! Ularning nega Rossiyadagi muhojir yigitlarga qiz bermasligi bosh sababi bitta. Qiz o‘stirganlar hech qachon qizining kelajagi tuman ortida bo‘lishini xohlashmaydi.

Xatlon viloyatidagi Shimsiddin Shohin qishlog‘ida yashovchi Saida ismli ayol shunday deydi:
— Qizimga chamasi o‘n marta sovchilar kelishdi. Birontasigayam rozilik bermadim. Chunki hammasining o‘g‘li Rossiyada mardikorchilik qilarkan. Axir, tushuninglar, Rossiyada ishlaydigan yigitga qiz berganlarni ko‘ryapman. Bir yil yashamay ajrashib ketishyapti. Hammalari baxtsiz bo‘lib ota uyiga qaytishga majbur bo‘lishyapti.

«Sosservis» jamoatchilik tashkiloti rahbari Jamshid Quddusovning fikricha, tojikistonlik yigitlarning ko‘pchiligi Rossiyaga mavsumiy ishga borishadi. Shuning uchun ularning na muqim joyi, ishi, na daromadi bor.

Xulosa qilib aytganda, Rossiyada ishlayotgan tojikistonlik yigitlarni sovchi qaytarilishi hozircha u darajada xavotirga solmayapti. Kim bilsin?!. Balki ular barchasini vaqt izga tushirishidan umidvordirlar? Ishqilib shunday bo‘lsin-da!


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonliklar Rossiyada mardikorchilik qiluvchi yigitga qiz bermayapti…