11:03 / 21.08.2017
7 768

Odamlar izsiz yo‘qolayotgan makon…

Odamlar izsiz yo‘qolayotgan makon…
Janubiy Xitoyda joylashgan Xeychju vodiysi er yuzidagi eng sirli anomal hududlardan biri bo‘lib, so‘zma-so‘z tarjima qilinganda, «Qora bambuk botig‘i» degan ma’noni anglatadi.

Bu erda, Mean tog‘ining sharqiy yonbag‘rida Tosh darvoza joylashgan va bu erdan quyuq bambukzorga o‘tish mumkin. Mana necha yildirki, bambukzorda qanchadan- qancha odam izsiz g‘oyib bo‘lmoqda.

1950 yil vodiyda hech qanday sababsiz samolyot buzilib qoldi. Tekshirilgach, hech qanday texnik muammolar yo‘qligi aniq bo‘ldi. Bundan ham hayratlanarlisi, shu yilning o‘zida 100 ga yaqin odam bambukzorda bedarak ketdi.

1962 yilda esa butun boshli geologik ekspedisiya guruhi g‘oyib bo‘ldi. Ekspedisiya a’zolaridan faqat birgina yo‘lboshlovchini qutqarishga muvaffaq bo‘ldilar. U voqeani quyidagicha hikoya qiladi: «Ekspedisiya vodiyga etib kelganda, u biroz ushlanib qoldim va ortda qolib keta boshladim. Keyin esa vodiy quyuq tuman bilan qoplandi. Bir metrdan uyog‘ini umuman ko‘rib bo‘lmasdi. Meni tushuntirib bo‘lmas qo‘rquv egallab olgan va turgan joyimda qotib qolgan edim. Bir necha daqiqadan keyin tuman tarqaldi, biroq ekspedisiya a’zolarini topa olmadim. Odamlar ham, asbob-uskunanalar ham, hech narsani topib bo‘lmadi.»

Yo‘lboshchi ancha yillar vaqt xissini to‘xtatib qo‘ygan tuman va g‘alati tovushlar haqida gapirib yurdi.

1966 yilda hududning rel’ef xaritasini tuzayotgan harbiy kartograflar otryadi bedarak yo‘qoldi. Oradan 10 yil o‘tib o‘rmonchilar guruhi g‘oyib bo‘lishi ham katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Axir yarim umrini o‘rmonlar va daralarda o‘tkazgan tajribali odamlarning bunday bedarak yo‘qolishini juda g‘alati edi.

Bambukzorda odamlarning sirli g‘oyib bo‘lishlari butun dunyoda bo‘ylab ham shov-shuv va baxslarga sabab bo‘ldi. Kimdir buni psixotrop moddalar ishlab chiqaruvchi zaharli o‘simliklar bilan bog‘lasa, kimdir kuchli geomagnit radiasiya haqida gapirardi, yana kimdir esa bu erda parallel olamlarga o‘tish yo‘li bor deb hisoblaydi. Shuncha xavf-xatarga qaramay, vodiyning echilmagan jumbog‘i butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Hatto ogohlantirish belgilari ham odamlarni bu sirli go‘shaga qadam qo‘yishdan to‘xtata olgani yo‘q. Agar vodiy tomonga yo‘lingiz tushsa, ehtiyot bo‘lganingiz ma’qul. Harqalay, shuncha odam bekordan-bekor bedarak ketmagandir.


Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Odamlar izsiz yo‘qolayotgan makon…