21:50 / 22.08.2017
6 653

Lamborghini mashinasi o‘g‘irlangan kuniyoq yonib ketdi

Lamborghini mashinasi o‘g‘irlangan kuniyoq yonib ketdi
AQSh polisiyasi Lamborghini superkarini o‘g‘irlagan ikki jinoyatchini qo‘lga oldi. CBS telekanalining xabar berishicha, avtomobil o‘g‘irlangandadn ko‘p o‘tmay buzilib, yonib ketgan.

Lamborghini’ni ikki yigit Dallasdagi avtoturargohdan o‘g‘irlashgan. O‘sha kuni ertalab polisiya o‘g‘irlik haqida xabar olgan va mashinani qidirishga tushgan. Avtomobil polisiya vertolyoti yordamida Interstate 45 deb nomlangan avtomagistralda tezda topilgan.

Polisiyachilar mashinalarida o‘g‘irlangan superkarga etib olishganda, u harakatsiz turgan bo‘lgan. Havodan olib borilgan kuzatuvning ko‘rsatishicha, avtomobil qandaydir lahzada biror bir arzigulik sababsiz yo‘l o‘rtasida to‘xtab, yonib ketgan.

Jinoyatchilar 18 va 19 yoshli yigitlar bo‘lib chiqqan. Ular Lamborghini’ning qaysi modelini o‘g‘irlashgani ma’lum qilinmagan.


Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lamborghini mashinasi o‘g‘irlangan kuniyoq yonib ketdi