7 778
Amerikaning Nyu-Meksiko shtatida yashovchilarga bezovta arvoh tinchlik bermayapti… (VIDEO)
Shtatga qarashli Klovis shahrida yashovchi er-xotin kechalari arvoh bezovta qilayotgani haqida mutaxassislarga xabar berishdi. Haqiqatan, videokuzatuv kamerasidagi yozuv hovlida xuddi odam shaklidagi sharpa kezib yurganini ko‘rsatib berdi.
— U havoda muallaq turgan holda hovlini aylanib chopadi, — dedi uy bekasi. — Azbaroyi qo‘rqqanimdan tunlari uxlay olmaydigan bo‘ldim. Erim har kuni qo‘lida xoda ko‘targancha hovli aylanadi. Hech kim yo‘q. Uy ichkarisiga kirdik deguncha, oyna ortida yana o‘sha sharpa paydo bo‘ladi…
Bu muammo bilan mutaxassislar shug‘ullanib ko‘rishdi. Ma’lum bo‘ldiki, shu uyda bundan bir necha yillar oldin keksa otaxon yolg‘iz yashagan. Uy buzilish rejasiga kiritilgani sababli hukumat odamlari ko‘p marotaba kelib otaxondan uyni bo‘shatib qo‘yishni so‘rashgan. Ammo u rozi bo‘lmagan. Oradan ma’lum vaqt o‘tib otaxon olamdan o‘tdi. Eski hovlini darhol buzib tashlashdi. O‘rniga yangi kottej qurildi. Kottejga esa xuddi shu oila — Ernandes Brennlar oilasi ko‘chib o‘tdi. Shundan beri har kuni tunda sharpa paydo bo‘ladi va hovlini aylanib chopadi.
Ufologlar sharpa xuddi o‘sha qariyaning arvohi ekaniga shubha qilishmayapti.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”