
«Qirg‘izlar — Markaziy Osiyoning eng qadimiy xalqi», — degan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev O‘sh viloyati O‘zgan tumani Intimaq qishlog‘i aholisi bilan uchrashuvda. Bu haqda «24.kg» saytiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘iz xalqining qadimiylik faktini Rossiya va Qozog‘iston yetakchilari ham tan olishgan. «Biz xoqonlik barpo etganimizda ba’zi bir xalqlar hali mavjud ham bo‘lmagan», — degan Qirg‘iziston prezidenti.
Uning qayd etishicha, qirg‘iz xalqi hududlarga bo‘linmasligi kerak va boshqa davlatlarda yashayotgan millatdoshlari haqida qayg‘urishi kerak:
«Biz Oltoy va Badaxshonda yashayotgan qirg‘izlar haqida o‘ylashimiz kerak, buning uchun biz «uyg‘onishimiz» va Xudodan qo‘rqishimiz kerak». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar