16:31 / 30.08.2017
5 667

IShID g‘aznachisiga nisbatan AQSh sanksiyalar joriy etdi

IShID g‘aznachisiga nisbatan AQSh sanksiyalar joriy etdi
AQSh moliya vazirligi IShID bosh g‘aznachisi Salim Mustafo Muhammad al-Mansurga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.

«Sanksiyalar natijasida al-Mansurning Amerika yurisdiksiyasidagi barcha moliyaviy vositalari va mol-mulki blokirovka qilinadi. AQSh vakillariga u bilan kelishuvlarda ishtirok etish taqiqlanadi», — deyiladi xabarda.

Moliya vazirligi bu choralarni, jumladan, IShIDga qarshi kurash borasida Iroq hukumati bilan hamkorlik doirasida amalga oshirayotgani bildirilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » IShID g‘aznachisiga nisbatan AQSh sanksiyalar joriy etdi