Akademik eshkak eshish bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni, britaniyalik sportchi Aleks Gregori Shimoliy muz okeani bo‘ylab ekspeditsiyada qatnashdi. U bir oy davomida eshkak eshishdan keyin qo‘llari qanday ahvolga kelib qolganini ko‘rsatdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Gregori Instagram’dagi sahifasida qo‘llari suratini joylashtirgan.
«Nam qo‘lqop ichida uzoq vaqt bo‘lgan qo‘llarim surati. Mozolindan (qadoq dori) muammo yo‘q edi, ammo okeanning sho‘r suvini ko‘rsatdi. Bu ajoyib tajriba», — deya yozgan Gregori.
Gregori shu yilning 20 iyulida Shimoliy Muz okeani bo‘ylab The Polar Row ekspeditsiyasida ishtirokini boshlangan edi. 6 kishilik jamoa 7 avgustdan 19 avgustga qadar bo‘lgan vaqt davomida Shimoliy Muz okeani hududida bo‘lgan.
Ekspeditsiyachilar Norvegiyadan shimolga, Shpitsbergendagi Longyir aholi yashash punktiga qadar eshkakli qayiqda suzib borgan, so‘ng taxminan shuncha masofani janubga, Islandiya tomon suzgan.
Ekspeditsiya 1,5 oy davom etib, jamoa Islandiyagacha suzib borishi kerak edi. Ammo 19 avgust kuni ular Norvegiyadagi orollardan birida to‘xtadi, jamoa a’zolari o‘zini yomon his qilgani tufayli safar muddatidan oldin yakunlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar