
Murodbek Qodirov Moskva shahrida 1 sentyabr kuni teraktlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘z aybini tan oldi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
"Men aybni tan olaman... Men aybdor emasman, afsusdaman”, - degan u Moskvaning Meshchansk sudida.
Qodirov O‘zbekistondan ekani, Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgani, turmush o‘rtog‘i va farzandi borligini aytgan. U Moskvaga 10 mart kuni kelgan, shu yerda yashab, ishlagan.
Sud Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining murojaatini qanoatlantirdi va Qodirovni hibsga oldi. Tushuntirilishicha, ayblanuvchi yashirinishi va qonunlarga zid faoliyatni olib borishda davom etishi mumkin.
Kecha Moskva va Moskva viloyatida 1 sentyabrda teraktlar sodir etmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangani xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar