AQShning Oregon shtatidagi hayvonot bog‘ida yashovchi Eddi laqabli qunduz 19 yoshda bo‘lib, u basketbol o‘ynashni biladi. Uning savatga to‘p tashlashi aks etgan video hayvonot bog‘ining YouTube’dagi kanaliga joylangan.
Eddi kichkinaligida Kaliforniya qirg‘oqlarida yakka holda topib olingan va Monteredagi okeanariumga yuborilgan. 2000 yilda u Oregondagi hayvonot bog‘iga olib kelingan.
2013 yilda hayvonda tirsak bo‘gimlari artriti aniqlangan. Veterinarlar unga fizoterapiya belgilangan.
Dengiz qunduzlari suzishda bu bo‘g‘imlarni faol ishlatmagani sababli, Eddining qarovchisi boshqa usul o‘ylab topgan — u qunduzga basketbol o‘ynashni o‘rgatishga qaror qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu juda oson bo‘lgan, chunki hayvon allaqachon narsalarni olib kelishni bilgan. Eddi uloqtirilgan koptokni tutib olgan vaqtda ayol qo‘lini halqa ostida tutib turgan. Qunduz koptokni olib keliganda ayol qo‘lini tortin olgan va to‘p savatga tushgan.
Har safar qunduz muvaffaqiyatli to‘p tashlaganda, u shirinlik bilan siylangan. Mashq hayvonga foyda bergan.
Eddining basketbol o‘ynayotgani aks etgan birinchi video katta tezlikda tarqalgan. U hatto Milliy basketbol assotsiatsiyasi o‘yinlari vaqtida ham namoyish etilgan.
Manba: daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar