
Xalqaro koinot stansiyasi ekipajining uch nafar a’zosi “Soyuz MS-04” koinot kemasining kapsulasida Yerga qaytdilar. Bu haqda Parvozlarni boshqarish markazida jurnalistlarga ma’lum qilindi.
Yerga Roskosmos fazogiri Fedor Yurchixin va NASA astronavtlari Peggi Uitson va Jek Fisher qaytdilar. Kapsula Qozog‘istonda jadvalga ko‘ra qo‘ndirilgan.

XKSga keyingi MKS 53/54 ekspeditsiyasining ishtirokchilari kelgunlarigacha stansiyada rossiyalik fazogir Sergey Ryazanskiy, amerikalik Rendolf Breznik va italiyalik Paolo Nespoli ishni davom ettiradilar.
XKSning navbatdagi missiyasi ekipajini XKSga yetkazadigan “Soyuz MS-06” kemasi parvozi 13 sentyabrda Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Kemaning asosiy ekipaji Roskosmos fazogiri Aleksandr Misurkin va NASA astronavtlari Mark Vande Xay va Jozef Akabadan iborat bo‘ladi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar