
Hindistonning Air India aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti Kochchi shahrii aeroportida yo‘lakdan chiqib ketdi. Bu vaqtda uning bortida 102 kishi bo‘lgan. Bu haqda «NDTV telekanali»ga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Hodisa Abu Dabidan uchib kelgan havo kemasi qo‘nganidan so‘ng yuz bergan. Telekanalning aeroportdagi manbalariga ko‘ra, samolyot qo‘nishdan so‘nggi harakatlanish chog‘ida burilishni marradan avvalroq amalga oshirgan va yo‘lakdan chiqib ketgan.

"Barcha yo‘lovchilar trap vositasida ko‘chirildi. Jabrlanganlar yo‘q", — degan Kochchi xalqaro aeroporti rasmiy vakili.
Hindiston fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi tekshiruv ishlarini olib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar