23:27 / 07.09.2017
6 173

Atlantik okeanida navbatdagi «Irma» to‘foni paydo bo‘ldi!

Atlantik okeanida navbatdagi «Irma» to‘foni paydo bo‘ldi!
«Xarvi» to‘foni hali tinib-tinchib ulgurmay, Atlantik okeanda «Irma» deb nomlangan yanada kuchliroq to‘fon paydo bo‘ldi. Shamolning tezligi soatiga 300 kilometrga teng bo‘lgan bu to‘fon dastlab Sen-Marten va Sen-Bartel orollarini iskanjasiga oldi. Fransiya politsiyasining xabariga ko‘ra, hozirning o‘zidayoq qurbonlar soni 15 kishiga yetgan. To‘fon o‘z yo‘lida binolar-u inshootlarni yakson qilib olg‘a intilmoqda. Sen-Martin orolining o‘zida barcha maktablar suv ostida qolib vayron bo‘lgan, chiroq, aloqa vositalari yo‘q. O‘nlab fuqarolar turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga olib ketildi.

Rasmiy xabarlarga qaraganda, «Irma» okeanga yaqin joylardagi mashhurlar va milliarderlarning uy-joylari-yu, yaxtalarini ham ayab o‘tirmagan. Aytishlaricha, to‘fon tufayli Sen-Martindagi Amerika prezidenti Donald Tramp, milliarder Roman Abramovichga tegishli uy va inshootlar yakson bo‘lgan.

Qarangki, «Irma» dan so‘ng okeanga «Katya» deb nom olgan yangi to‘fon ham kirib keldi. U Meksika bo‘g‘ozi yaqinida hozir bo‘lib, Amerika tomon harakatlanmoqda. Shamolning tezligi hozirning o‘zida soatiga 70 kilometrni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Xarvi» to‘foni jami 70 kishini hayotdan olib ketdi. To‘fon tufayli ko‘rilgan moddiy zarar 8 milliard dollarga teng bo‘lgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atlantik okeanida navbatdagi «Irma» to‘foni paydo bo‘ldi!