6 826
11 sentyabr voqealari: eng qo‘rqinchli xunrezlik, geosiyosatda yangi davrning boshlanishi
Dunyoni dahshatga solgan 2001 yil 11 sentyabr voqealariga roppa-rosa 16 yil bo‘ldi. Jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar terror balosi nima va uning insoniyatga bo‘lgan xavfini anglab etishiga shu voqea sabab bo‘ldi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.
Aynan shu kuni AQShda dunyodagi eng qo‘rqinchli terrorchilik harakati amalga oshirildi. Boston, Nyu-York va Vashingtondan havoga ko‘tarilgan 4 ta yo‘lovchi samolyotlarining boshqaruvini qo‘lga olgan bir guruh terrorchilar Nyu-York shahrida joylashgan egizak binolarga va Virjiniya shtatida joylashgan mamlakat mudofaa vazirligining shtab kvartirasi — Pentagonga borib urildi.
11 sentyabr tongi soat 08:00, Boston shahridagi Logon xalqaro aeroportidan Los Anjeles tomon havoga ko‘tarilgan AQSh havo yo‘llariga tegishli Boeing 767-223ER rusumli samolyot bortida bo‘lgan 5 nafar terrorchi tomonidan boshqaruvi qo‘lga olinib, tongi soat 08:46 Jahon savdo markaziga (egizak binolar) borib urildi.
17 daqiqadan keyin “United Airlines”ning 175-sonli samolyoti Jahon savdo markazining ikkinchi binosiga borib uriladi. Bu holatni dunyodagi ko‘plab mamlakatlar aholisi jonli tomosha qilganligini alohida ta’kidlash joiz. Qo‘rquv va dahshat ichida qolgan dunyo bu holatni kuzatishdan boshqa iloji yo‘q edi.
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay turib, “American Airlines”ga tegishli bo‘lgan samolyot Virjiniya shtatida joylashgan mamlakat mudofaa vazirligining shtab kvartirasi — Pentagonga borib urildi.
Dunyodagi eng kuchli harbiy kuchga ega bo‘lgan AQSh mudofaasi bu hujumlardan o‘zini himoya qilolmaganligi hammani taajjublantirdi.
Ana shu paytda Pensilvaniya yaqinlarida yana bir yo‘lovchi samolyoti halokati haqida xabar berildi. Bu samolyot ham terrorchi kuchlar tomonidan olib qochilganlini va u Vashington tomon, aniqrog‘i Oq Uy tomon yo‘l olgani keyinchalik surishtiruv natijasida ma’lum bo‘ldi.
AQSh prezidenti Jorj Bush bu paytda Florida shtatidagi bir maktabda o‘quvchilariga “Gunoh echkisi” (A scapegoat) nomli hikoya o‘qib berayotgan edi...
Barcha hujumlar natijasida, jami bo‘lib 2996 kishi halok bo‘lganligi ma’lum qilindi.
Bu hujumlar “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti rahbari Usama bin Lodinning maxsus topshirig‘i asosida amalga oshirilganligi ta’kidlandi.
Dunyoning bir qancha davlatlariga aziyat bergan radikal islom harakati tarafdori bo‘lgan “Al-Qoida” tashkiloti tarixiga to‘xtalib o‘tsak.
1979 yil SSSR hukumati tomonidan Afg‘onistonga harbiy kuchlarning kiritilishi natijasida Afg‘onistonda SSSR va amaldagi hukumatga qarshi bo‘lgan kuchlar “mujohidlar” nomi ostida qurolli kurash olib bordi.
1984 yilda Abdulloh A’zam va Usama bin Lodin afg‘on “mujohid”larni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Maktab al-Xidmat”ni (Xizmatlar buyurosi) tashkil etadi. Keyinchalik bu tashkilot negizida Usama bin Lodin 1988 yilda o‘zining terrorchilik tashkiloti, ya’ni “al-Qoida”ni tuzadi.
Bu tashkilot yillar davomida ayrim “qora kuchlar” tomonidan moliyaviy va harbiy ta’minot bilan ta’minlab kelingan. Bunda mintaqadagi geosiyosiy vaziyatni nazorat qilib turish kabi maqsadlar ko‘zlangan edi.
11 sentyabr voqealaridan keyin AQSh hukumati bin Lodin haqida berilgan aniq ma’lumotga ikki million AQSh dollari mukofot joriy etdi.
Ammo bu kabi urinishlar o‘z samarasini bermadi. “Al-Qoida” yetakchisi 2011 yilga qadar qo‘lga olish va yo‘q qilishga qaratilgan harakatlar bekor ketdi.
2011 yil 2 may kuni Pokiston Islom Respublikasining Abottaobod shahrida o‘tkazilgan harbiy operatsiya natijasida Usama bin Lodin o‘ldirildi.
Ayrim siyosatchilarning fikricha, 11 sentyabr voqealari sabab dunyodagi siyosiy vaziyatlar tubdan o‘zgarib ketdi. Bunga misol tariqasida AQSh hukumati voqealardan bir oy keyin Afg‘onistonga havodan hujum qildi.
2003 yilda Iroq hukumati tomonidan kimyoviy va biologik qurollar ishlab chiqilganligini iddao qilinib, Iroq rahbari Saddam Husayin hokimiyatini ag‘darish maqsadida urush e’lon qilindi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, 11 sentyabr 2001 yilda sodir bo‘lgan terroristik hujumi — XXI asrda insoniyat uchun yangi muammo va ziddiyatlar haqidagi xabarning bir “ogohlik qo‘ng‘irog‘i” edi. Ushbu voqea dunyo geosiyosatida yangi davrni boshlab berdi...
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi