Kecha Qozog‘istonda “Astana EXPO-2017” xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmaning rasmiy yopilish marosimi o‘tkazildi. Unda qator davlat rahbarlari va xalqaro delegatsiyalar yetakchilari ishtirok etdi.
Uch oy davom etgan ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Vetnam, Armaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Belarus, Kuba, Turkmaniston, Ruminiya, Braziliya, Gruziya kabi 120 ga yaqin davlat o‘zining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etdi. Shuningdek, 20 dan ortiq xalqaro tashkilot qatnashdi.
Sanoatlashtirish ramzi, texnik va texnologik yutuqlar namoyishi uchun ochiq platforma hisoblangan “Kelajak energiyasi” mavzusida o‘tkazilgan EKSPO ko‘rgazmasi millionlab odamlar e’tiborini tortdi, unga 5 milliondan ziyod mehmon tashrif buyurdi.
Mamlakatimiz ko‘rgazmada samarali ishtirok etdi. Umumiy maydoni 1 ming 180 kvadrat metrni tashkil etgan pavilonga minglab mehmonlar, mutaxassislar tashrif buyurdi. Yurtimizning avtomobilsozlik, yuqori texnologiyalar, robototexnika, turizm, agrar sohalarda erishgan yutuqlari aks ettirilgan stendlar ularda katta qiziqish uyg‘otgani to‘g‘risida O`zbekiston 24.uz ma’lum qildi. Istiqbolli hamkorlikka oid qator shartnomalar imzolandi. 5 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy kuni o‘tkazildi.
“Astana EXPO-2017” ko‘rgazmasining yopilish marosimida bu yilgi tadbir 1851 yildan buyon an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan xalqaro yarmarkaning mantiqiy davomi bo‘lgani, dunyo xalqlarini birlashtirishga katta hissa qo‘shgani, uni o‘tkazish va yarmarkada ishtirok etish istagini bildirayotgan mamlakatlar safi tobora kengayib borayotgani ta’kidlandi.
Xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmaning rasmiy yopilish marosimi teatrlashtirilgan konsert dasturi va mushakbozlik bilan nihoyasiga yetdi.
Navbatdagi xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazma 2020 yil Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkaziladi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi