16:17 / 12.09.2017
4 280

Putin EKIHni kun kechirish uchun zarur miqdor bilan tenglashtirishni taklif qildi

Путин ЭКИҲни кун кечириш учун зарур миқдор билан тенглаштиришни таклиф қилди
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yilning yanvar oyidan boshlab eng kam ish haqini kun kechirish uchun zarur miqdorning 71-72 foizidan 85 foizigacha ko‘tarishni taklif qildi. Bu haqda «Kreml» saytiga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

«Biz eng asosiy muammoni hal qilishimiz lozim – eng kam ish haqini kun kechirish uchun zarur miqdordan kam bo‘lmagan darajaga yetkazish kerak, buni kun kechirish uchun zarur miqdor bilan tenglashtirish va minimal ehtimoliy ish haqi fuqarolarning bazaviy xarajatlarini ham qoplamasligi bilan bog‘liq vaziyatdan keli chiqish lozim. 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab eng kam ish haqi miqdorini mehnatga layoqatli aholi uchun 71-72 foizdan 85 foizga yetkazishni taklif qilaman», - dedi Putin.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, 2019 yilning 1 yanvaridan kechiktirmay eng kam ish haqini kun kechirish uchun zarur miqdorga tenglashtirish lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin EKIHni kun kechirish uchun zarur miqdor bilan tenglashtirishni taklif qildi